“Gimnastrada” musobaqasining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Gimnastrada” musobaqasining Navoiy viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada viloyatning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan jamoalar ishtirok etib, o‘zaro bellashdi.
Qatnashchilar o‘zlari tayyorlagan kompozitsiyalarni namoyish etib, ijro mahorati, badiiy ifoda, raqs va gimnastika elementlarini bajarish darajasi bo‘yicha baholandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 14-30 yosh toifasida Uchquduq tumani jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Xatirchi tumani jamoasi ikkinchi, G‘ozg‘on shahri jamoasi esa uchinchi o‘rin sohibi bo‘ldi.
[gallery-30018]
Tadbir so‘ngida g‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari