Germaniyaning Rossiya gaziga bog‘liqlik darajasi qanday?
Germaniya energetika vazirligi rahbari, kansler o‘rinbosari Robert Xabek mamlakatning Rossiya gaziga bog‘liqlik darajasini baholadi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Tahlilga ko‘ra, GFRning Rossiya yoqilg‘isiga bog‘liqligi ayni payt 55 foizni tashkil etgan.
“Germaniya, taxminan, 55 foiz Rossiya gaziga bog‘liq – keyingi yillar ko‘rsatkichi shunday”, dedi Xabek.
Shuningdek, mamlakat gaz omboridagi mavjud 40-41 foiz zaxira tarixan eng kam miqdor ekani ham ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, Rossiya va Ukraina mojarosi ta’sirida AQSHning RFga qarshi sanksiyasi ko‘lami kengaymoqda. Germaniya rasmiy vakili gaz yetkazishda Rossiya Yevropa Ittifoqi uchun ta’minot manbasiligini eslatib, AQSHdan energetika sohasida sanksiyani yumshatishni so‘ragan.