Germaniyada qulupnay pishishi kechikmoqda
May oyining birinchi o‘n kunligi o‘tib bo‘ldi, ammo Germaniyada qulupnayni sevuvchilar hali ham bu mevadan bebahra.
Qulupnayni Germaniyada butun yil davomida sotib olish mumkin. Odatda boshqa mamlakatlarga ayrim mevalar import orqali kirib keladi. Biroq nemis xalqining aksariyati hanuz mahalliy fermerlarning mavsumiy mahsulotlarini afzal ko‘radi. Ammo bu yil Germaniyada qulupnaylar sovuq ob-havo tufayli, hatto plantatsiyalarda ham pishishga “kechikmoqda”. Doyche Press-Agentur taqdim etgan ushbu fotosuratlar Brandenburg federal shtatida – Frankfurt yaqinida olingan.