Germaniyada namoyiş keskin tus oldi (+video)
Germaniyaning bir neça şahrida yoşlar namoyişi çoği ommaviy tartibsizlik yuz berdi. Iştirokçilar dökonlarni talon-taroj qildi, tösiqlarga öt qöydi, politsiya xodimlari bilan töqnaşdi. Kunduzgi tadbirlarning aksariyati tinç ötgan bölsa-da, keçqurun vaziyat keskinlaşdi. Bu haqda “Euronews” xabar tarqatgan.
Şanba kuni “Z avlodning özi hal qiladi” harakati taşabbusi bilan uyuştirilgan aksiyadan keyin Frankfurt, Kyoln, Gamburg va Berlinda töpolon boşlangan. Ayrim guruhlar savdo nuqtalari oynasini sindirib, mol-mulkni talagan. Bir guruh olomon hatto qurol-yaroq dökoniga ham bostirib kirgan. Vaziyatni nazoratga oliş uçun politsiya bir neça bor suv purkovçi maxsus texnikadan foydalandi.
Poytaxtda ham keçqurun “Z avlod endi çidab turmaydi!” şiori ostida namoyiş tartibsizlikka aylandi.
Maʼlumki, “Z avlod” deganda bugungi kun yoşlarining salmoqli qismini taşkil etuvçi, raqamli texnologiya davrida voyaga yetgan qatlam tuşuniladi. Ular Germaniyada taʼlim, majburiy harbiy xizmat va yaşaş xarajati qimmatligi kabi masalalardan norozi bölib kötarilgan guruh vakillaridir.
Politsiya maʼlumotiga köra, iştirokçilar soni dastlabki 700 nafardan 3 500 ga çiqqan. Köçalarda Falastin tarafdorlari va aksil faşist guruhlar ramzi közga taşlangan. Ayrimlar yuzini niqob bilan berkitib, Germaniya va Isroilga qarşi, şuningdek aksil kapitalistik şiorlarni namoyiş etdi. Olomon politsiya xodimlariga qarata toş, yonuvçan vositalar irğitgani ham kuzatildi. Natijada namoyiş muddatidan oldin töxtatildi.
GFR içki işlar vaziri tartibsizlik uçun söl guruh va muhojirlar orasidan çiqqan bezorilarni aybladi. Dökonlarni vayron qilgan, zöravonlik sodir etgan şaxslarni aniqlab, qatʼiy jazolaş kerakligini taʼkidladi.
Germaniya böylab 30 dan ortiq şaharda jami ön minglab yoş qözğalgan.
Darvoqe, yoşlarning bunday çiqişlari Fransiyada ham davom etyapti. Şanba kungi tartibsizlik çoği politsiya 500 dan köp odamni hibsga oldi.
Hozirça olmon yurtidagi harakat töxtadi, deyişga erta. Navbatdagi umumevropa namoyişi 20-noyabrga belgilangan. Şu tariqa dastlab ijtimoiy-iqtisodiy omillar sabab boşlangan amaliyot ayrim şaharlarda jiddiy xavfsizlik muammosiga aylandi.
Kenja Bekjonov, Anvarxöja Ahmedov (video), ÖzA