G‘azo mojarosi Germaniyani ham sudga tortdi
Germaniya Gaagadagi Xalqaro suddan Nikaraguaning o‘ziga qarshi kiritgan da’vosini rad etishni so‘radi. Nikaragua Berlinni Isroilni qo‘llab-quvvatlash, xususan, harbiy yordam ko‘rsatish orqali G‘azodagi “genotsidga yordam berish”da ayblamoqda.
Таъкидланишича, иш 2024 йилда бошланган. Ўшанда Никарагуа Халқаро суддан ГФРни Исроилга ҳарбий техника етказиб беришни зудлик билан тўхтатишни сўраган эди. Суд фавқулодда чоралар қўллашни рад этган, аммо даъво бўйича иш юритишни тўхтатмаган.
Endi Germaniya sudning ushbu ishni ko‘rib chiqish vakolati va Nikaraguaning ayrim talablariga qarshi dastlabki e’tirozlarini bildirmoqda. Agar sud Berlin pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlasa, ish butunlay yopiladi.
GFR ayblovlarni qat’iyan rad etib, Isroilga qurol eksporti xalqaro huquq talablaridan ham qat’iyroq nazorat qilinishini ta’kidlamoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA