Gaz ta’minotida muammo bo‘lmaydi
Aholiga tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berish borasida “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, gaz quvurlari rekonstruksiya qilinib, bo‘yoqlanmoqda.
Prezidentimizning 2022 yil 6 iyundagi "Hududlarda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish va ularni muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Sirdaryo tumani “Sholikor” mahallasi “Haqiqat” SIUdagi Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasiga diametri 159 mmli gaz quvuri o‘tkazilib, hozirda montaj ishlari olib borilmoqda. Shuningek, 1965 yilda M-34 magistral yo‘lining 53 p/metrida diametri 273 mm bo‘lgan gaz quvuri Xovos gaz taqsimlash stansiyasidan Xovos shaharchasidagi 8 ta “Bunyodkor”, “Chamanzor”, “Istiqlol”, “Do‘stlik”, “Tinchlik”, “Karvonsaroy”, “Yettiguzar” va “Xovosobod” mahallalardagi aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun yer ostidan o‘tkazilgan. Yer ostidan o‘tgan gaz quvurining ko‘p yillar ishlatilishi natijasida bugungi kunda yaroqsiz holgan kelganligi hamda yer osti sizot suvlarining yaqinligi hisobiga temir gaz quvurining 53 p/metri yemirilganligi soha xodimlari tomonidan aniqlandi va tezda ishlar boshlab yuborildi. Hozirda ushbu yer ostidan o‘tkazilgan diametri 273 mm.li 53 p/metr gaz quvurini yer ustidan tayanch ustunlarga o‘rnatish va aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash borasidagi ishlar yakunlandi.



Shu bilan birga, “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filiali mutaxassislari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari boshlangan. Sirdaryo, Mirzaobod va Xovos tumanlarida gaz quvurlarini bo‘yoqlash ishlari davom etmoqda.
Sh. Suyarov, O‘zA