Gaz ta’minoti sobiq nazoratchisi ushlandi
Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Quyi Chirchiq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Quyichirchiqtumangaz» gaz ta’minoti sobiq nazoratchisi O. X. fuqaro L.ning ishonchiga kirib, uning yashash xonadonidagi tabiiy gazdan yuzaga kelgan 1,8 million so‘m qarzdorligini yo‘q qilish va 300 ming so‘m oldindan to‘lov sifatida bazaga kiritib berish evaziga 600 ming so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sh.Mamaturopova, O‘zA