Gavi «Manchester Yunayted»ga o‘tishdan bosh tortdi
Mankunianliklar Gavi transferi uchun 35 million funt (taxminan 41 million yevro) to‘lashga tayyor bo‘lgan.
«Barselona» yarim himoyachisi Gavi yozgi transfer oynasida Angliya Premyer Ligasi top-klubiga o‘tishi mumkin edi. Bu haqda Mirror xabar berdi.
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik ispaniyalik futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni istagan. Mankunianliklar Gavi transferi uchun 35 million funt (taxminan 41 million yevro) to‘lashga tayyor bo‘lgan.
Biroq 22 yoshli Gavi «Old Trafford»ga ko‘chib o‘tishdan bosh tortdi. Futbolchi «Barselona»ni tark etishni istamasligini bildirgan.
Gavi «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klubning asosiy jamoasi safida 166 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 18 ta golli uzatma qayd etgan.