Fyodor Lukyanov: Özbekiston va Rossiya bir-birini yaxşiroq anglaşi uçun umumiy media kontent zarur
Toşkentda bölib ötayotgan III Özbekiston – Rossiya media forumida axborot hamkorligini kengaytiriş, zamonaviy media muhitini yanada yaxşilaş masalalari va qöşma loyihalar istiqboli muhokama qilinmoqda.
Bugun media jamiyat hayoti va mamlakatlar örtasidagi özaro tuşunişga taʼsir körsatuvçi muhim omilga aylangan. ÖzA muxbiri forum iştirokçisi, «Rossiya v globalnoy politike» jurnali boş muharriri, «Valday» xalqaro munozara klubini rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş jamğarmasi ilmiy direktori Fyodor Lukyanovning fikrini yozib oldi.
– Barçada iliq taassurot qoldirayotgan forum har ikki tomon uçun manfaatli ekani şubhasiz. Bugun media faqat jurnalistika yoki axborot almaşinuvi emas, balki har insonlar hayotini belgilab berayotgan raqamli va kommunikatsiya muhitining bir bölagiga aylangan. Şuning uçun tadbirlar ahamiyati avvalgidan ança yuqori.
Asosiy maqsad bir marta çiroyli anjuman ötkazib, keyin yana uç yilgaça tarqalib ketiş emas. Bugun har birimiz ulkan axborot muhiti içida yaşayapmiz. Agar davlat va media taşkilotlari odamlarga şu axborot oqimida töğri yönaliş topişga yordam bermasa, kişi adaşib qolişi heç gap emas.
Birgalikda yoritiş, çuqur örganiş zarur bölgan mavzular köp. Bu nozik va murakkab bölsa-da, muhim tarixiy masalalar, şuningdek mamlakatlarimizda keçayotgan zamonaviy jarayonlardir.
Biz özaro yaqin aloqadamiz: Rossiya va Özbekiston orasida bordi-keldi yaxşi. Şunga qaramay, Rossiyada zamonaviy Özbekiston haqidagi tasavvur yetarli emas. Özbekistonda ham baʼzan bugungi Rossiyada qanday özgarişlar yuz berayotgani töliq anglanmaydi. Hatto, özimiz ham yurtimizdagi özgarişlar tezligidan baʼzan hayratga tuşamiz.
Şu bois umumiy media kontent yaratiş muhim. Media faqat siyosat emas, balki yirik biznes, investitsiya va yirik loyihalarni qamrab oladi. Mazkur yönalişda imkoniyat köp. Masalan, raqamli platformalar Özbekistonda juda faol işlayapti. Bu borada mamlakatning istiqboli porloq.
ÖzA muxbiri Musulmon Ziyo tayyorladi.