Futzal: “ÖFF Prezidenti kubogi”ga qurʼa taşlandi
Ertaga, 7-noyabr kuni poytaxtimizda havaskor jamoalar örtasidagi “ÖFF Prezidenti kubogi – 2026/2027” musobaqasining asosiy bosqiç bahslari boşlanadi.
Bugun, 6-noyabr kuni Özbekiston futzal federatsiyasi anjumanlar zalida yangi mavsumning asosiy bosqiç bahslariga qurʼa taşlaş marosimi bölib ötdi.
Aytiş lozimki, oktabr oyining sönggi ön kunligida 36 ta jamoa ikki bosqiçli saralaş bahslarida iştirok etib, final bosqiçida qatnaşadigan 9 ta jamoa nomini aniqlab bergandi.

Asosiy bosqiçda saralaş öyinlaridan muvaffaqiyatli ötgan 9 jamoaga musobaqaning boş homiysi “BMB Holding” kompaniyasi havaskorlar jamoasi ham qöşildi.
Şunday qilib, 10 ta jamoa ikki davrali musobaqa davomida “ÖFF Prezidenti kubogi – 2026/2027”ning ğolib va sovrindorlarini aniqlab beradi.

Qurʼa natijalariga köra, ertaga ötkaziladigan 1-tur öyinlarida “BMB” — “UzGEO”, “Tayan” — “TATU”, “Singapur” — “Parma II”, “Korzinka” — “SQB” va "Express” — “Inboks” futzal jamoalari röbarö keladi.
Eslatib ötamiz, “ÖFF Prezidenti kubogi – 2026/2027” öyinlari har haftaning şanbasida Toşkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida bölib ötadi.
T.Röziyev,
ÖzA