Futzal bo‘yicha 6-tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi
FOTOREPORTAJ
Bugun poytaxtimizdagi “Yunusobod sport majmuasi”da futzal bo‘yicha 6-tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Oliy liga jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan mazkur bellashuvlar 2023/2024 mavsumi doirasida bo‘lib o‘tmoqda.
Bugungi bellashuvlar “BMB” hamda “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bilan boshlandi. Bahs davomida yaqqol ustunlik jizzaxliklar tomonda bo‘ldi. Buni hisobda ham bilsa bo‘ladi: “BMB”-“Nasaf” 8-1.
Kun davomida yana uchta uchrashuvda quyidagi natijalar qayd etildi: “Metallurg” - “Oil Star” 1-11, “Jizzax Kenteks” - “Paxtakor” 0-5, “Lokomotiv”- OKMK 1-1.
[gallery-15490]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA