Futbolchimiz to‘purarlar safida
Rossiya Premer-ligasi 7-turida “Rostov“ o‘z maydonida “Rubin“ni qabul qildi.
Rossiya Premer-ligasi 7-turida “Rostov“ o‘z maydonida “Rubin“ni qabul qildi. Qiziqarli va murosasiz tarzda kechgan bellashuvda hamyurtimiz Eldor Shomurodov navbatdagi golini urdi.
Uchrashuvning 15-daqiqasida Yevgeniy Markov hisobni ochdi. Oradan 14 daqiqa o‘tib Eldor Shomurodov muvozanatni tikladi. Bahs oxirida esa Aleksandr Saplinov rostovliklarga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Eldor maydonda 90 daqiqa o‘ynadi va u uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ma’lumot o‘rnida, Shomurodov bu mavsumdagi 5-golini urdi va chempionat to‘purarlari orasida 2-o‘ringa ko‘tarildi. To‘purarlar poygasida “Krыlev Sovetov” futbolchisi Aleksandr Sobolev 6 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda.