Futbolchilarimizning ishonchli g‘alabasi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018-yilda o‘tkaziladigan jahon chempionatining Osiyo qit’asi saralash musobaqalari ikkinchi bosqichi beshinchi turida Bahrayn terma jamoasi mehmoni bo‘ldi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018-yilda o‘tkaziladigan jahon chempionatining Osiyo qit’asi saralash musobaqalari ikkinchi bosqichi beshinchi turida Bahrayn terma jamoasi mehmoni bo‘ldi.“H” guruhida to‘p surayotgan terma jamoamiz hisobida olti, bahraynliklarda uch ochko bor edi. Shu bois mazkur uchrashuvda g‘alaba qozonish har ikki terma jamoa uchun ham muhim edi.
To‘liq o‘zbekistonlik futbolchilar ustunligida o‘tgan o‘yin 4:0 hisobida mamlakatimiz terma jamoasi foydasiga hal bo‘ldi. Gollarni Igor Sergeyev, Odil Ahmedov, Sardor Rashidov va Eldor Shomurodov kiritdi.
KXDR va Filippin terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda 0:0 hisobi qayd etildi.
Shu tariqa terma jamoamiz to‘qqiz ochko bilan guruhdagi mavqeini mustahkamlab oldi. Futbolchilarimiz navbatdagi uchrashuvni 12-noyabr kuni Toshkentda KXDR terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.