Futbol tarixidagi eng yaxshi germaniyalik futbolchilar reytingi tuzildi
Futbol tarixidagi eng yaxshi nemislar ro‘yxatida Germaniya terma jamoasi va Myunxenning "Bavariya" klubi sobiq sardori Frens Bekkenbauer yetakchilik qilmoqda.
Taniqli "FourFourTwo" sayti futbol tarixidagi eng yaxshi nemis futbolchilarining reytingini e’lon qildi.
Futbol tarixidagi eng yaxshi nemislar ro‘yxatida Germaniya terma jamoasi va Myunxenning "Bavariya" klubi sobiq sardori Frans Bekkenbauer yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinni terma jamoaning eng yaxshi to‘purari Gerd Myuller band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni "Bavariya"ning yana bir sobiq yulduzi Lotar Matteus yakunlab beradi.
Ro‘yxatdan quyidagi futbolchilar joy olgan:
1. Frans Bekkenbauer
2. Gerd Myuller
3. Lotar Matteus
4. Filip Lam
5. Uve Zeyeler
6. Gyunter Netzer
7. Manuel Noyer
8. Miroslav Kloze
9. Fris Valter
10. Oliver Kan
Ma’lumot uchun, Bekkenbauer Germaniya terma jamoasi safida jahon va Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, "Bavariya" bilant 3 marta Yevropa Chempionlar ligasida zafar quchgan.