Fuqarolarning qurilişga kiritgan mablağlari kafolatli himoya qilinadi
Köp kvartirali uylar va boşqa köçmas mulk obʼektlarini uluş kiritiş asosida quriş sohasidagi munosabatlar tartibga solinmoqda. Uluşli qurilişlarga jismoniy va yuridik şaxslarning pul mablağlarini jalb qilişga oid muhim qoidalar belgilanmoqda.
Uy qurilişining kamida 70 foizi bank krediti, köpi bilan 30 foizi esa quruvçining öz mablaği hisobidan moliyalaştirilişi nazarda tutilmoqda. Fuqarolarning uluşli qurilişga kiritgan mablağlarini kafolatli himoya qiliş mexanizmlari belgilanmoqda.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yiğilişida körib çiqilgan “Köp kvartirali uylarni va boşqa köçmas mulk obʼektlarini uluş kiritiş asosida quriş töğrisida”gi qonun loyihasida ayni şu masalalar közda tutilmoqda.
Qayd etilganidek, quriliş belgilangan talablar asosida amalga oşirilib, obʼekt foydalanişga topşirilganidan keyin mablağlar quruvçiga ötkaziladi. Şuningdek, quruvçi faqat qonunda belgilangan talablarga javob bergan, Yagona axborot tizimida röyxatdan ötgan, vakolatli bank bilan boş bitim tuzgan va loyiha deklaratsiyasini eʼlon qilgan taqdirdagina aholi mablağlarini jalb qiliş huquqiga ega bölişi taklif etilmoqda.

Şu bilan birga, qonun loyihasida quriliş loyihalarini öz vaqtida yakuniga yetkaziş maqsadida zarur hollarda vakolatli bankni yoki quruvçini almaştiriş, qurilişning uzluksiz moliyalaştirilişini taʼminlaşga qaratilgan moliyaviy mexanizmlar yaratilmoqda. Bu esa quriliş töxtab qolişining oldini oliş va uluşdorlar manfaatlarini işonçli himoya qilişga xizmat qiladi.
Muhokamalar davomida amaliyotda bir xonadonning bir neçta fuqaroga rasmiylaştirilişi yoki quriliş uçun tölangan mablağlarning qaytarilmasligi bilan boğliq holatlarga ham eʼtibor qaratildi. Deputat Sayyora Imomova qonun loyihasida bunday holatlarning oldini oliş mexanizmlari qay darajada aks etgani bilan qiziqdi. Xalq vakillarining savollariga masʼullar tomonidan tuşuntirişlar berildi. Qizğin muhokamalardan söng qonun loyihasi qöllab-quvvatlandi.
Muhtarama Komilova, ÖzA