Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi tomonidan fuqarolar uchun shaxsiy qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolarning farzandlariga aliment undirish bo‘yicha ariza berish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda uy-joy olishda nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanish masalalariga oid murojaatlari batafsil ko‘rib chiqildi.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot va idoralar vakillari ishtirokida fuqarolarga qonunchilik talablari doirasida zarur huquqiy tushuntirishlar berildi hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Shuningdek, Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Azizxon Shavkatov navbatdagi shaxsiy qabulni o‘tkazdi.

Murojaatlarning aksariyati madaniyat sohasiga, shuningdek, turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarga taalluqli bo‘ldi. Har bir murojaat yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA