Fuqaroga bir yillik maosh undirib berildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga “Davr” ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro T.G. tomonidan kelib tushgan murojaat o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro tuman “Agro-kimyo”ga qarashli biolaboratoriyada 2024-2025-yillar davomida ishlagan bo‘lib, shu vaqt oralig‘ida unga ish haqi berilmagan.
Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limining mas’ul shaxslari bilan qonuniy asosda olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida iste’molchining muammosi qisqa muddat ichida bartaraf etildi.
Jumladan, xodimning bir yillik ish haqi hisoblanib, jami 9 million 600 ming so‘m mablag‘ iste’molchiga to‘lab berildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.