Fransiyalik mutaxassis Erve Renar Tunis terma jamoasini boshqaradi
Tunis terma jamoasi jahon chempionatiga Sabri Lyamushi olib kelgandi.
Saudiya Arabistoni terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Erve Renar Tunis terma jamoasi ish boshlaydi.
Tunis futbol federatsiyasi Erve Renarni 2026-yilgi jahon chempionatining oxirigacha terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlaganini e’lon qildi. U bugundanoq o‘z vazifasiga kirishadi. Bitimda shuningdek, terma jamoaning mundialdagi ishtiroki yakunlanganidan so‘ng aniq sport maqsadlariga asoslangan uzoq muddatli hamkorlik bo‘yicha muzokaralar boshlanishi ko‘zda tutilgan.
Tunis terma jamoasi jahon chempionatiga Sabri Lyamushi olib kelgandi. Biroq dastlabki turda yirik hisobdagi mag‘lubiyat mutaxassisga chiqish eshiklari ko‘rsatilishiga sabab bo‘ldi.