Fransiyada yong‘inlar avjida: Bordo atrofidan 220 ming kishi ko‘chirildi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat janubi-g‘arbida kuzatilayotgan o‘rmon yong‘inlarini Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyingi eng yirik tabiiy ofatlardan biri, deb baholadi.
Qayd etilishicha, ayrim hududlarda vaziyat barqarorlashgan bo‘lsa-da, yong‘inlar to‘liq nazoratga olinmagan.
22-iyuldan buyon Fransiya janubi-g‘arbida 42 ming gektardan ziyod maydon alanga ichida qolgan, mamlakat bo‘ylab esa yil boshidan beri yong‘inlar 116 ming gektar hududni qamrab olgan. Faqat Bordo atrofida 220 ming kishi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi.
Yevropa Ittifoqi Fransiya va Ispaniyaga yong‘inlarni bartaraf etish uchun 13 ta samolyot, 4 ta vertolyot, 41 ta maxsus texnika hamda 130 nafar qutqaruvchini jalb qildi. Ikki mamlakatda evakuatsiya qilinganlar soni 300 ming nafardan oshgani aytilyapti.
D.Hakimov, O‘zA