Fransiya murabbiylar shtabi: “Dide Deshamning qaytishini kutyapmiz”
Stefanning aytishicha, jamoaning barcha a’zolari ayni paytda bosh murabbiy Dide Deshamni qo‘llab-quvvatlamoqda va uning tezroq safga qaytishini kutmoqda.
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyining yordamchisi Gi Stefan JCH–2026 guruh bosqichining uchinchi turida Norvegiya ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g‘alabaga izoh berdi.
Stefanning aytishicha, jamoaning barcha a’zolari ayni paytda bosh murabbiy Dide Deshamni qo‘llab-quvvatlamoqda va uning tezroq safga qaytishini kutmoqda.
'Avvalo, barcha xayollarimiz Dide Desham bilan. Uning qaytishini kutyapmiz. U ertangi mashg‘ulotda jamoaga qo‘shilishi kerak.
O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsak, futbolchilar o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajardi. Jamoa yuqori tempda harakat qildi va ko‘plab vaziyatlar yaratdi. To‘rtta gol urdik. Usmon Dembele xet-trik qayd etdi, Dezire Due esa faoliyatidagi ilk golini bosh bilan urdi. Bu ijobiy jihatlar va ularni rivojlantirishimiz kerak.
Shu bilan birga, ayrim vaziyatlarda yaxshi o‘ynay olmadik. Turnir davomida raqiblar yanada kuchayadi, shuning uchun e’tiborni yo‘qotmasligimiz lozim. Natijadan mamnunmiz, bugun g‘alabadan zavqlanamiz, ertadan esa Dide bilan birga yana ishga kirishamiz", — dedi Stefan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Deshamning onasi vafot etgani sababli mutaxassis vaqtincha jamoa qarorgohini tark etgani haqida xabar berilgandi.