Fransiya iqtisodiyoti “kuchli parhez”ga muhtojmi?
Fransiya qarzi yana o‘smoqda – mamlakat moliyasi 1978-yildan beri kuzatilmagan darajadagi bosim ostida qoldi. Hukumat 2027-yil uchun 54 milliard yevro tejamkorlik chorasini tayyorlagan bir payt, davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 119,3 foizga chiqishi kutilyapti.
Moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qarz hajmi 2027-yil 121,7 foizga ko‘tarilishi mumkin. Bu Yevropa Ittifoqi davlatlari intilishi kerak bo‘lgan 60 foizlik me’yordan ikki barobar yuqori. Byudjet taqchilligi ham me’yordan ancha oshib ketgan: 2025-yil YAIMning 5,1 foizini tashkil etgan. Mazkur ko‘rsatkich 2026-yil 5,4 foizga chiqishi, 2027-yil esa 5 foizga tushishi taxmin qilinyapti. Shu bois Fransiya so‘nggi ikki yil YeI maxsus nazorati ostida qolmoqda.
Bosh vazir Sebastyan Lekornyu hukumat xarajatini qisqartirish va byudjetni tartibga solish uchun 54 milliard yevrolik chora taklif etsa-da, prezidentlik saylovi arafasida eng bahsli qaror taqdirini parlamentga qoldirdi. Jumladan, pensionerlarga beriladigan ayrim soliq imtiyozlarini kamaytirish rejasi allaqachon qarshilikka uchragan. Moliyaviy kengash rahbari Ameli de Montshalen esa inqiroz hali muqarrar emasligi, vaziyatni tezkor va mas’uliyatli qarorlar orqali o‘zgartirish mumkinligini aytdi.
Musulmon Ziyo, O‘zA