FOTOREPORTAJ: “Yoshlar – kelajak bunyodkorlari”
Poytaxtimizdagi Markaziy ekobog‘da 30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan “Yoshlar – kelajak bunyodkorlari” shiori ostida forum o‘tkazildi.
Tadbirni partiyaning Toshkent shahar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Hamdam Niyozov ochib berdi. Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlari kengashi raislari Botir Sodiqov hamda Yorqin Malikov yoshlarning jamiyatdagi o‘rni, bugungi yoshlarga hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar xususida gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng, forumning kun tartibidagi sport, hunarmandlik, rassomlik yo‘nalishlarida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
[gallery-2952]
Qiziqarli tarzda o‘tgan sport musobaqalarida “Kelajak” jamoasi (voleybol) faxrli o‘rinni egallagan bo‘lsa, yosh rassomlar hamda hunarmandlar tomonidan “Yangi O‘zbekistonga – mening hissam” mavzusida yaratilgan ijodiy ishlar hakamlar tomonidan munosib baholandi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA