FOTOREPORTAJ: Ishlab chiqarish quvvati yanada ortadi
Xorazm viloyatidagi Xiva gilam kombinatida 250 nafar kishi ish bilan ta’minlangan.
Kombinat 2020 yilning sentyabr oyida faoliyat boshlagan bo‘lib, Germaniya, Belgiya, Avstriya, Shveysariya, Italiya, Fransiya va Turkiyadan keltirilgan energiya tejovchi uskunalar bilan jihozlangan. Joriy yilning avgust oyida esa loyihaning ikkinchi bosqichi ishga tushirildi.
[gallery-4015]
Ayni paytda korxonada polipropilen ip, gilam va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlar AQSH, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikistonga eksport qilinadi.
2022 yilda uchinchi bosqich - akril tolasidan kalava tayyorlash loyihasi amalga oshiriladi. Natijada ishlab chiqarish quvvati yiliga 2,2 million kvadrat metrga yetkaziladi. Yillik eksport miqdori 5 million AQSH dollaridan oshishi kutilmoqda.
Temur MAMADAMINOV (surat), O‘zA