Forobiy ijodida demokratik qarashlar (+video)
Sherdor Po‘latov - Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori. Sharqshunos olim.
- Abu Nasr Muhammad al Farobiy ijodi ko‘p qirrali, falsafiy boy va bu insonni o‘rganishdagi jihatlar bugungi kunda ham dolzarb ahamiyatga ega. Aytingchi falsafashunoslikda yuqori cho‘qqilarni egallagan, yunon faylasuflarining qarashlarini tahlil qila olgan olim sifatida Farobiyning ijodi bugungi kunda qanchalik dolzarb?
- Bugungi kunda “Uchinchi renesans” poydevorini qurishda qadimgi mutafakkirlarimiz ijodining ahamiyati juda katta. Farobiy aynan bizni mintaqamizda, Sharq dunyosida birinchi renesans davrini boshlab berdi. Farobiy shaxsiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u o‘z davrida davrida ham qomusiy, ham faylasuf, bir necha sohalarda mukammal ijod qilgan shaxs hisoblanadi. Boshqaruvdagi mexanizmlarni demokratik, liberal uslubda o‘z asarlarida o‘sha davrda yozgan.
- Sharqdagi renesans G‘arbga ko‘chishi kuzatiladi. Masalan, demokratik jarayonlar, inson huquqlari, uning jamiyatda oldingi o‘ringa chiqishi ham arab dunyosidagi rivojlanish davri turtki bo‘lgan, deya olamizmi?
- Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Beruniy deymizmi, ularning xizmatlari katta bo‘lgan albatta. Farobiy yunon manbaalarini tarjima qilib, turli davlatlarda bo‘lgani tajriba olgan. Jamiyat haqidagi qarashlari Yevropa ma’lum bir darajada ko‘chirilgan, deyishimiz mumkin. Aynan ularning asarlarida ilgari surilayotgan g‘oyalar turtki bo‘lgan. Butun dunyoda Farobiyning “Baxt-saodatga erishuv” kitobi, “Fazilatlar” kitobi kabi jamiyatga bog‘liq kitoblar bor. Bularni tadqiqotini amalga oshirish kerak. Farobiy shu darajada zo‘r kitoblar yozganki, bu kitoblarni ham tarjima qilish kerak va ularni oliy o‘quv dargohlarimizda, kadrlar tayyorlashimizda joriy qilish katta samara beradi deb o‘ylayman. (davomi videoda)
<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/Hahze7VCiwE" title="Forobiy ijodida demokratik qarashlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov
Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA