Forbes: Ukraina Rossiya hududida ilk bor “Kenguru droni”dan foydalandi
Ukraina Qurolli kuchlari dron tashuvchi yordamida o‘zining birinchi havo hujumini amalga oshirdi va yangi taktikasini qo‘lladi.
Og‘ir dron front chizig‘i ortida tankka qarshi mina tashuvchi ARK-1 uchuvchisiz yer usti transport vositasini olib keldi. Shu tariqa, “Forbes” ta’kidlashicha, Kiyev urushning yangi davrini boshlab berdi.
Shuningdek, ilgari AQSHda o‘rganilgan, ammo hech qachon amalga oshirilmagan bu yangilik shaxsiy tarkib uchun xavfni kamaytirishi ham qo‘shimcha qilingan.
Ma’lumotga ko‘ra, Ukraina qo‘shinining 30 foizini uchuvchisiz yer usti transport vositasi bilan almashtirish niyatida. Bu zamonaviy urushga ilg‘or robot texnikasi tezkor integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
S.Rahimov, O‘zA