Fizika fanini o‘qitish sifati yaxshilanmoqda
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida joriy yilda fizika va chet tillarini o‘rganishni ustuvor yo‘nalish etib belgilashni taklif etib, ta’limning barcha bo‘g‘inlarida ushbu fanlarni o‘qitish sifatini tubdan oshirish, ixtisoslashgan maktablar ochish, malakali pedagoglarni jalb etish kabi tizimli ishlar amalga oshirilishini ta’kidlagan edi.
Bu boradagi chora-tadbirlar doirasida Buxoro davlat universitetining fizika-matematika fakulteti fizika kafedrasi hamda Buxoro viloyatidagi qator umumta’lim maktablari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Buxoro shahridagi 23-umumta’lim maktabida fizika fanini o‘qitish sifatini yaxshilash maqsadida Buxoro davlat universitetining fizika-matematika fakulteti fizika kafedrasi o‘qituvchisi Nilufar Yo‘ldosheva biriktirilgan.
[gallery-1376]
Pedagog o‘quvchilar bilan darslarni interfaol usulda olib bormoqda. Shuningdek, u maktabda “Ustoz-shogird” an’anasi asosida fizika to‘garagini tashkil etgan. Pedagogik faoliyatini boshlaganiga endigina 3 yil to‘lgan bo‘lsada, yosh muallima ijodkorligi, izlanuvchanligi tufayli ilmiy izlanishlar ham olib bormoqda.
O‘zA fotomuxbiri
Tohir ISTATOV (suratlari)