Fitch: O‘zbekiston oltin ulushi bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlar qatoriga kirdi
“Fitch Ratings” agentligi e’lon qilgan so‘nggi hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro zaxirasida oltin ulushi yuqoriligi bo‘yicha jahondagi yetakchi mamlakatlar safidan joy oldi. Tahlilchilar ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil iyun oyi yakunida mamlakatimiz jami tashqi zaxirasining 87 foizi aynan ushbu qimmatbaho metall hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Markaziy Osiyo mintaqasida Qirg‘iziston ham zaxiraning 80 foizini tillada saqlagan holda yuqori ko‘rsatkich qayd etdi. Bu ikki davlat qimmatbaho metallarga eng ko‘p suyanayotgan mamlakatlar sifatida e’tirof etilmoqda.
“Fitch” mutaxassislari Kavkaz va Markaziy Osiyoda tashqi kapital qiymati keskin ortgani, bu holat asosan jahon bozorida oltin narxi qimmatlashishi hamda jamg‘arilayotgan tilla hajmi ortgani bilan bog‘liqligini ta’kidlagan.
Respublikamiz oltin zaxirasi 2024-2026-yillar oralig‘ida qariyb ikki barobar ko‘paygan. Reyting agentligi tahliliga ko‘ra, bunday sezilarli o‘sishning 91 foizi bevosita jahon bozorida narx yuqorilagani hisobiga to‘g‘ri keladi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA