Firibgarlarning rejasi amalga oshmadi
Buxoro viloyati Olot tumanida o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar N.H. va S.B. fuqaro Z.ning qizini Buxoro tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’dalashib, 800 AQSH dollar so‘ragani aniqlandi. Firibgarlar 400 AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga olinadi.
Shuningdek, tadbir davomida ushbu fuqarolar Z.ning to‘ng‘ich qizini ham texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 500 AQSH dollarini olganligi aniqlanib, 200 AQSH dollarini qaytarganliklari protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA