Filippinda sobiq Prezident qo‘lga olindi
Filippin politsiyasi Xalqaro jinoiy sud (ISS) chiqargan maxsus order asosida sobiq Prezident Rodrigo Duterteni insoniyatga qarshi jinoyat ishi bo‘yicha hibsga oldi. Bu haqda "Irna news" yozgan.
– Bosh prokuror sobiq davlat rahbariga orderni tasdiqlovchi rasmiy xabarnoma taqdim etdi, — deyilgan xabarda.
Hukumat avvalroq ISS bilan hamkorlik qilmasligini aytgandi, biroq oxir-oqibat mamlakat Interpolga yordam berishga majbur bo‘ldi.
O‘z davrida giyohvandlikka qarshi qonli urush boshlagan 79 yoshli Duterte ommaviy qotillikda ayblanyapti.
Aeroportda to‘satdan yuz bergan, shov-shuvga sabab bo‘lgan qo‘lga olish amaliyotiga Dutertening advokatlari va yordamchilari to‘sqinlik qilib, bu harakatni "Konstitutsiyaviy huquq buzilishi" deb atashdi.