Filippin paromida yong‘in: kamida 5 kishi halok bo‘ldi
Filippinning ommabop sayyohlik hududlaridan biri hisoblangan Palavon muzofoti qirg‘og‘i yaqinida parom yondi. Oqibatda hozircha 5 kishi hayotdan ko‘z yumgani, 87 insonning taqdiri hali noma’lumligi e’lon qilindi.
“Sinxua” agentligi mahalliy qirg‘oq xavfsizligi xizmatiga tayanib xabar berishicha, falokat yuz bergan vaqt “MV June Aster” kemasida jami 117 yo‘lovchi, 17 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Mahalliy hokimiyat vakillari ma’lum qilishicha, qutqaruvchilar hozirgacha 42 kishini suvdan chiqarib olgan. Qutqaruv amaliyoti Korondagi Marsilla mahallasidan taxminan 2,2 kilometr masofada, suv hududida faol davom ettirilyapti. Voqea joyiga darhol maxsus guruhlar safarbar etilgan, mutaxassislar ofat kelib chiqishi sababini aniqlamoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA