Filipe Koutinyu mavsumni “Bavariya” klubida o‘tkazadi
Ispaniyaning “Barselona” klubi forvardi Filipe Koutinyu mavsumni ijara kelishuvi asosida Myunxenning “Bavariya” klubida o‘tkazadi.
Ispaniyaning “Barselona” klubi forvardi Filipe Koutinyu mavsumni ijara kelishuvi asosida Myunxenning “Bavariya” klubida o‘tkazadi. Bu haqda nemis klubi rasmiy saytida ma’lumot berilgan.
“Biz bu borada uzoq ish olib bordik, nihoyat, Koutino bizning tarkibda, bundan xursandmiz”, deydi klub boshqaruvi raisi Karl-Xayns Rummenigge.
Ijara muddati 2020 yilning 30 iyunigacha bo‘lib, o‘zaro bitim shartlari oshkor qilinmagan.