FIFA Rossiyaning U-15 terma jamoalariga jahon chempionatida qatnashishga ruxsat berdi
FIFA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, turnir 22–31 oktyabr kunlari Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadi.
FIFA Rossiyaning 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va qizlar terma jamoalariga U-15 jahon chempionatida ishtirok etishga ruxsat berdi.
FIFA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, turnir 22–31 oktyabr kunlari Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadi.
Tashkilot bayonotida qayd etilishicha, FIFA kengashi U-15 yosh toifasidagi o‘smirlar va qizlar o‘rtasidagi jahon chempionatini tashkil etishni ma’qullagan. 2026-yilgi ilk turnirda FIFAga a’zo barcha milliy assotsiatsiyalar o‘smirlar jamoalari ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
2027-yilda musobaqa faqat qizlar terma jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi. 2028 yildan boshlab esa FIFA o‘smirlar va qizlar o‘rtasida alohida musobaqalar uchun barcha a’zo assotsiatsiyalarni taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil fevral oyidan buyon Rossiya milliy terma jamoasi va mamlakatning boshqa futbol jamoalari Ukrainadagi urush ortidan xalqaro musobaqalardan chetlatilgan edi.