FIDE O‘zbekiston shaxmat federatsiyasini taqdirladi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) O‘zbekiston shaxmat federatsiyasini "FIDE OUTSTANDING CONTRIBUTION AWARD 2025" mukofoti bilan taqdirladi.
Bu haqda FIDE axborot xizmati xabar berdi.
Aytish lozim, mazkur nufuzli mukofot 2025 yil davomida shaxmat rivojiga qo‘shilgan ulkan hissa va xalqaro maydondagi muhim yutuqlar hamda samarali hamkorlikka kirishgan, xalqaro maydonda “aql gimnastikasi”ning rivojiga o‘ziga xos hissa qo‘shib kelayotgan federatsiyalarga topshiriladi.
E’tiborli jihati, FIDE tomonidan yurtimiz shaxmatining e’tirof etilishi mamlakatimizda yoshlar, ayniqsa aholi o‘rtasida shaxmatni yanada ommalashtirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro sahnada O‘zbekiston nufuzini oshirish yo‘lida olib borilayotgan ishlarga berilgan baho, deyish mumkin.
To‘lqin Ro‘ziyev,
O‘zA