FIDE arbitrlariga sertifikatlar topshirildi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda poytaxtimizda shaxmat boʻyicha Oʻzbekistonning birinchi grossmeysteri Georgiy Aʼzamov xotirasiga bagʻishlab XIII Toshkent open xalqaro turniri oʻtkazilmoqda
Xabaringiz bor, ayni kunlarda poytaxtimizda shaxmat boʻyicha Oʻzbekistonning birinchi grossmeysteri Georgiy Aʼzamov xotirasiga bagʻishlab XIII Toshkent open xalqaro turniri oʻtkazilmoqda.
XIII Toshkent open xalqaro turniri doirasida FIDE arbitrlari uchun seminar ham tashkil etildi. Unda Afgʻoniston, Moʻgʻuliston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, qirgʻizistonlik arbitrlar bilan birga hamyurtlarimiz ham seminarda ishtirok etdi.
Seminarni Xalqaro arbitrlar – FIDE lektorlari guruhi aʼzosi Husan Turdaliyev hamda rossiyalik Mixail Kryukov olib bordi. Trening-mashgʻulotlar yakunida esa seminar ishtirokchilari maxsus test sinovidan oʻtkazildi. Sinovni muvaffaqiyatli topshirganlarga FIDE arbitri boʻlganligini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi.


