Fermer xoʻjaligi dalalarida paxta ochildi
Bu yil 91,8 gektar yerga chigit qadaganmiz.
Buxoro viloyati Vobkent tumani hududidagi “Orzuobod" fermer xoʻjaligi dalalarida ayni kunlarda 2020-yil hosili uchun ekilgan gʻoʻza maydonlarini sharbat usulida sugʻorish, kultivatsiya qilish va zararkunanda hashoratlarga qarshi kurashish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
– Joriy yil ogʻir kelishiga qaramay ishchi-xodimlarimiz bilan birga davlatga pilla sotish rejasini 101foizga, gʻalla rejasini 103,7 foizga bajardik, – deydi fermer xoʻjaligi rahbari Rozik Gʻaybullayev. –Daromadimizdan tumandagi kam taʼminlangan oilalarga 6 tonna bugʻdoy tarqatdik. Bu yil 91,8 gektar yerga chigit qadaganmiz.
Hosildorlikni 40 sentnerga yetkazishni koʻzlayapmiz. Ayni paytda dalalarimizda paxtaning oppoq ochilganiga guvoh boʻlib turibmiz.