Fermer parrandachilikni yoʻlga qoʻydi
Bagʻdod tumanidagi “Unsiya aya Bagʻdod” koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligida bu borada oʻziga xos tajribalar toʻplangan.
Parrandachilikning yetti xazinaga qiyoslanishi bejiz emas. Oddiy uy sharoitida tovuq parvarish qilgan har bir oila bu beminnat “dastyor”ning foydasini yaxshi biladi. Fargʻona viloyatida mazkur sohani rivojlantirish, zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni hayotga tatbiq etish, eksport salohiyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bagʻdod tumanidagi “Unsiya aya Bagʻdod” koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligida bu borada oʻziga xos tajribalar toʻplangan. Ayni kunda bu yerda goʻsht yoʻnalishida parranda parvarishlash yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, har oyda 26 tonnadan ortiq parhezbop goʻsht yetishtirilmoqda.
Fermer xoʻjaligida tarmoq faoliyatini yana-da kengaytirish, endilikda nafaqat goʻsht balki joʻja olish, tuxum yetishtirishda istiqbolli loyihalar ishga tushirilmoqda. Birlamchi joʻjalarni mahalliy sharoitda yetishtirish amaliyoti ishlab chiqarish bilan bogʻliq xarajatlar miqdorini sezilarli kamaytirish, mahsulot sifatini oshirishda qoʻl keladi.
- Yangi loyiha oʻziga xos qulayliklarga ega, - deydi fermer Axadjon Dehqonov. - Har oyda 100 ming bosh joʻja yetishtiriladi, parhezbop goʻsht ishlab chiqarish hajmi ikki hissaga oshadi. Shu maqsadda laboratoriya va inkubatoriyalar tashkil etish, tovuq boqish, soʻyish, boʻlaklarga ajratish, qadoqlash va eksportgacha boʻlgan barcha jarayonlarni oʻz ichiga olgan yirik loyihani amalga oshirish borasida ish olib boryapmiz.
Xususan, parrandachilik korxonalariga imtiyozli kreditlar ajratilib, 2021-yilning 1-noyabriga qadar import qilinayotgan ozuqa komponentlari, asbob - uskuna va jihozlar bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan. Bu tarmoq faoliyati uchun muhim boʻlgan ozuqa bazasini mustahkamlash, importni kamaytirish va eksport hajmini oshirishda alohida ahamiyatga ega.
Chunki ozuqa bazasi avvallari asosan sotib olingan boʻlsa, endilikda uni fermer xoʻjaligi oʻz yetishtirish borasida ish olib bormoqda. Yuqori quvvat va toʻyimli ozuqalar parrandalarning sogʻlom va mahsuldor boʻlishida asosiy omil hisoblanadi. Shu maqsadda yangi texnikalar xarid qilish, ekin maydonlari meliorativ holatini yaxshilash, hosildorlik miqdorini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Parrandachilik serdaromad soha. Faqat, yaratilgan imtiyoz va imkoniyatdan samarali foydalanish, ishlab chiqarishga yangi texnika - texnologiyalarni joriy etish bugunning muhim vazifalaridan. Buni “Unsiya aya – Bagʻdod” koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi faoliyatida amalga oshirilgan ishlar koʻrsatib turibdi. Ayni kunlarda bu yerda chorvachilik, baliqchilik kabi tarmoqlar ham jadal rivojlanmoqda.
Parrandachilik serdaromad soha. Faqat, yaratilgan imtiyoz va imkoniyatdan samarali foydalanish, ishlab chiqarishga yangi texnika - texnologiyalarni joriy etish bugunning muhim vazifalaridan. Buni “Unsiya aya – Bagʻdod” koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi faoliyatida amalga oshirilgan ishlar koʻrsatib turibdi. Ayni kunlarda bu yerda chorvachilik, baliqchilik kabi tarmoqlar ham jadal rivojlanmoqda.