Fermer bir ish kunida rejani bajardi
Jizzax viloyatida joriy mavsumda 88 ming 100 gektar suvli maydonda boshoqli don ekilib, mo‘l hosil yetishtirildi. Ana shu hosilni qisqa fursatlarda nes-nobud qilmay o‘rib-yig‘ib olish uchun jami 300 dan ortiq yuqori unumli kombaynlar mavsumga tayyorlangan.
Tuman bo‘yicha o‘rim-yig‘imga 22 ta otryad shakllantirilib, ularda 34 ta yuqori unumli kombayn mavsumga shay holatga keltirildi, g‘alla hosilini tashish, kombayn va boshqa texnikalarga yoqilg‘ini dala boshiga yetkazib berish, zarurat tug‘ilganda ta’mirlash va boshqa shu kabi ishlar uchun jami 207 ta transport vositasi biriktirildi.
[gallery-23751]
O‘rim-yig‘imni birinchi bo‘lib boshlagan tumandagi “Asal momo” fermer xo‘jaligi bu mavsumda 47 gektar maydonga g‘alla ekib, shartnoma asosida 142 tonna hosilni davlatga sotishni maqsad qilgan edi. Ana shu reja 1 ish kunida ortig‘i bilan bajarildi. Bu fermer jo‘jaligi a’zolarining fidokorona mehnati samarasidir.
Do‘stlik tumanidagi bu kabi namunaviy tajribalar, albatta, boshqa fermer xo‘jaliklari uchun ham ibrat bo‘lib xizmat qiladi.
A.Qayumov (surat), O‘zA muxbiri