Felipe Pauler: Samarqand – yoshlarni amaliy harakatlar sari undagan muhim maydonga aylandi
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasida ishtirok etgan BMT Bosh kotibining Yoshlar masalalari bo‘yicha birinchi yordamchisi Felipe Pauler o‘z fikrlari bilan o‘troqlashdi:
– O‘zbekistonda yana bir bor bo‘lib turganimdan va Parlamentlararo ittifoqning ushbu konferensiyasida ishtirok etayotganimdan juda mamnunman.
BMTning Yoshlar masalalari bo‘yicha idorasi nomidan aytadigan bo‘lsam, bunday maydonlar BMT nizomi va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ilgari surilgan g‘oyalarni mustahkamlash uchun muhim imkoniyatdir. Shuningdek, parlamentlar global kelishuv va dasturlarni milliy darajada amaliy harakatlar, qonunlar va byudjetlarga aylantirishda muhim o‘rin tutadi.
Shu bois, ushbu konferensiya madaniyatlararo va davlatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishiga umid qilaman. Umuman, bugun Samarqand – yoshlarni amaliy harakatlar sari undagan muhim maydonga aylandi.
Bizga yangilik yaratadigan, yoshlarning mazmunli ishtiroki uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar ochadigan va, eng muhimi, avlodlararo adolatni ta’minlaydigan institutlar kerak.
Samarqand global konferensiyasi har bir avlodning eng yaxshi jihatlarini birlashtirib, yanada samarali institutlarni shakllantirishga keng yo‘l ochdi.
Norgul Abduraimova,
O‘zA