Faxriy ustoz va o‘qituvchi-murabbiylar ulug‘landi
Termiz shahar hokimligida bugun erta tongdan 1 oktabr-O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Termiz shahar hokimligida bugun erta tongdan 1 oktabr-O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.
So‘nggi yillarda ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor tufayli Termiz shahrida oliy ta’lim muassasalari soni to‘rttaga yetdi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘i kengayib, yangi davlat va nodavlat muassasalar barpo etilmoqda. Maktab ta’limida 11 yillik tizimga o‘tilib, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari optimallashtirilayotir. Bu jarayonda sohaga innovatsion yangiliklarni joriy etishga e’tibor kuchaytirilmoqda.
Ayni paytda Termiz shahrida 30 ta davlat va nodavlat talim muassasasi, 19ta maktab, ikkita ixtisoslashtirilgan maktab-internati, o‘nga yaqin o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va to‘rtta oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda.
– Hayotimning kuchga to‘lgan davrini xalq ta’limi tizimiga bag‘ishladim, – deydi faxriy pedagog D.Uzoqov. – Yosh avlodga talim berdim. Uzoq yillar shahardagi 8-maktabda rahbar bo‘lib ishladim. Lekin, hayotim davomida o‘qituvchilarga bunday etibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilganini eslay olmayman. O‘qituvchilarning yuzlaridagi mamnunlikni ko‘rib, yosh bo‘lsam-u, yana bolalarga saboq bersam, degan o‘y xayolimdan o‘tadi. Bilasizmi, bularning barchasi mamlakatimizdagi tinchlik, to‘kinlik, barcha soha va yoshu keksaga birdek etibor qaratilayotganining amaldagi samarasidir.
Tadbirda shahar hokimi I.Xudoyberdiev Termiz shahar xalq talimi bo‘limiga yangi xizmat avtomashinasini tantanali topshirdi. Bir guruh faxriy ustoz va o‘qituvchi-murabbiylar faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.