Farzandlar himoyasi — barchamizning mas’uliyatimiz (+video)
Bola huquqlarini ishonchli himoya qilish va tazyiq hamda zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Bu borada qonunchilikning muntazam takomillashtirilishi nafaqat fuqarolarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, balki xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka izchil joriy etishga ham xizmat qilmoqda.
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlarining kafolatlarini yanada kuchaytirishga hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash sohasidagi muhim huquqiy hujjatlardan biri bo‘ldi.
Mazkur qonun bilan ikki kodeks va to‘rtta qonun hujjatiga bolalarning eng ustun manfaatlarini ta’minlash, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning huquqiy hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan muhim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Mazkur qonunning mazmun-mohiyati, unda belgilangan yangi huquqiy mexanizmlar va ularning amaliyotdagi ahamiyati haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassisi Sardor Nusratov bilan suhbatlashdik. Batafsil mazkur videohavolada.
<iframe width="865" height="487" src="https://www.youtube.com/embed/geF795NDQEU" title="Farzandlar himoyasi - barchamizning ma’suliyatimiz" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA