Farg‘onaning 997 ta maktabida birinchi qo‘ng‘iroq yangradi
Farg‘ona viloyatida bugungi kunda 997 ta ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Uning 955 tasi umumta’lim, 19 tasi ixtisoslashtirilgan va “Barkamol avlod” maktablaridir. Shu yilning o‘zida viloyatda 4 ta yangi maktab qurildi. 13 ta maktab esa rekonstruksiya qilinmoqda. Qolaversa “Tashabbusli byudjet” loyihasi bo‘yicha 88 ta umumta’lim maktabi g‘olib topilib ta’mirlash va jihozlash ishlari olib borilmoqda.
2023-2024-o‘quv yili uchun 1-sinfga 79 mingga yaqin bolalar qabul qilindi. Ularga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘alari” topshirildi.

Farg‘ona shahridagi 10-umumta’lim maktabi erishgan natijalari bilan viloyatda peshqadam o‘quv dargohlaridan biri hisoblanadi. Bu yil ushbu maktab bitiruvchilari yuz foiz oliy o‘quv yurtlari talabalariga aylandi. Birinchi qo‘ng‘iroqqa bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etganlar shular haqida gapirar ekan, bu yil ilk bor maktab ostonasini bosib o‘tgan bolajonlar ham opa-akalari izidan borishiga ishonch bildirishdi.

Maktabda 60 dan ortiq fan to‘garaklari, o‘ndan ortiq sport yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. 110 nafar fan o‘qituvchilarining 70 foizi toifali hamda xalqaro, milliy sertifikatlarga egadirlar.
Birinchi qo‘ng‘iroq sadolari ostida sinf xonalariga kirgan 1-sinf o‘quvchilari hayotida yangi davr boshlandi.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/Mmq4fv2My0Y" title="Фарғонанинг 997 та мактабида биринчи қўнғироқ янгради" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Muallif: Muhammadjon Obidov
Tasvirchi: Elyor Olimov.