Farg‘onalik bir guruh tibbiyot xodimlari – Xorazmda
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Farg‘ona viloyati Kengashi tashabbusi bilan bir guruh tibbiyot xodimlari Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, bu ko‘hna zamindagi tarixiy obidalar va ziyoratgohlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazkur tadbir mustaqilligimizning 32 yillik bayrami arafasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling!» turizm loyihasi doirasida tashkil etildi.
[gallery-13210]
Sayohatchilar Marg‘ilondagi temir yo‘l vokzali orqali Urganch shahriga kuzatib qo‘yildi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA