Farg‘onada yoshlar ishtirokida «Mustaqillik darsi» o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism tomonidan Farg‘ona davlat texnika universitetida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan «Mustaqillik darsi» tashkil etildi. Unda Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.\
Tadbirda mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar hamda yosh avlodni Vatanga sadoqat va yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
[gallery-31406]
Qurolli Kuchlar faxriylari harbiy xizmat yillarida orttirgan tajribalari, hayot yo‘li va Vatan himoyasidek sharafli burchni ado etish bilan bog‘liq xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Samimiy muloqot davomida talaba-yoshlar faxriylarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi.
Shuningdek, Qurolli Kuchlarimizda harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning jangovar va ma’naviy-ruhiy tayyorgarligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA