Farg‘onada Tibbiyot xodimlari kuni katta tantana qilindi
Farg‘onada tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tantanali viloyat bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi va Prezidentimizning O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Ezgu va olijanob kasb egalari – odamlar dardiga darmon bo‘lishdek ulkan mas’uliyatni yelkasiga olgan tibbiyot xodimlarini bayram bilan takbrikladi.
Farg‘ona viloyatida ham tibbiyot sohasidagi islohotlar samarasida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanmoqda. Marg‘ilon shahri va Oltiariq tumanida tajriba sifatida yangi tibbiy profilaktika va patronaj tizimi joriy etilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar aholi salomatligini yanada mustahkamlash va kasalliklar profilaktikasida muhim o‘rin tutadi.
[gallery-4661]
Tadbirda viloyat ijtimoiy hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan viloyatimizda aholi salomatligini muhofaza qilishga, sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini keng joriy etishga va tibbiy madaniyatni oshirishga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan tibbiyot sohasi xodimlarining katta guruhi viloyat hokimining faxriy yorlig‘i va sovg‘alari bilan taqdirlandilar. O‘z hayotini insonning sog‘lig‘i va hayoti to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishga bag‘ishlagan tibbiyot xodimlaridan yana bir guruhiga “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni taqdim etildi.
Bayram tadbiri to‘kin dasturxon atrofida, bir piyola choy ustida taniqli san’atkorlar, raqs ansambllari ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.
M. Sulaymonov,
M. Qodirov (surat), O‘zA