Fargʻonada ham 5 nafar bemor butkul tuzaldi
Sogʻayganlarning barchasi Turkiyadan kelishgan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.
Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 5 nafar sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sogʻayganlarning barchasi Turkiyadan kelishgan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.
Fargʻona viloyati boʻyicha shu paytga qadar 6 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 11 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan jami 274 nafar bemor toʻliq sogʻaydi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.