Farg‘onada 11 mingdan ortiq piyodalarga chora ko‘rildi
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan piyodalarning yo‘llardagi harakati va qoidabuzarliklarini nazoratga olish yanada kuchaytirildi.
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan piyodalarning yo‘llardagi harakati va qoidabuzarliklarini nazoratga olish yanada kuchaytirildi.
Buning asosiy sababi piyodalarning yo‘lni duch kelgan joyidan kesib o‘tishi natijasida ko‘plab yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘layotganida. Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan aynan piyodalarga qaratilgan “Reyd” tadbirlari o‘tkazilib, unda aniqlangan qoidabuzar piyodalarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmoqda.
O‘tkazilgan ana shunday “Reyd” tadbirlari va joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida yo‘l-patrul inspektorlari tomonidan 11 ming 305 nafar piyodaga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. O‘tgan yilning shu davrida 2 ming 102 nafar piyodaning qoidabuzarlik holati aniqlangan edi.
Piyodalar bilan bog‘liq yo‘l harakati qoidalarini buzilish holatlarini aniqlashda eng katta muammo bu ularning shaxsini aniqlash bo‘lib, bu jarayonda fuqarolar ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishda ma’lumotlarni noto‘g‘ri keltiradi. Bunda inspektorlar fuqarolarni shaxsini aniqlashda boshqa vositalardan foydalanishga majbur bo‘lmoqda.