Fabio Kannavaro Oʻzbekiston U-17 terma jamoasini yarim finalga chiqqani bilan tabrikladi
Italiyalik mutaxassis yosh futbolchilarning koʻrsatgan oʻyinidan faxrlanishini yashirmadi va ularga oʻz tilaklarini bildirdi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Koreya ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng (2:2, penaltilar 5:3), Oʻzbekiston U-17 oʻsmirlar terma jamoasini muvaffaqiyat bilan qutladi.
Italiyalik mutaxassis yosh futbolchilarning koʻrsatgan oʻyinidan faxrlanishini yashirmadi va ularga oʻz tilaklarini bildirdi.
"U-17 terma jamoamiz bilan faxrlanamiz! Yigitlar oʻzbeklarga xos jangovar ruhni namoyish etib, munosib ravishda yarim finalga yoʻl olishdi. Murabbiylar shtabi, futbolchilar va bu yutuqqa hissa qoʻshgan barchani tabriklayman. Shu ruhda davom eting, yigitlar!", — deya taʼkidladi Kannavaro.