Fabio Kannavaro: Kolumbiya singari jamoalarga qarshi oʻynash, toʻpsiz harakat qilish osonmas.
Oʻyin nazoratini oʻz qoʻlimizga olishga harakat qildik.
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Kolumbiyaga qarshi bahsdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Oʻyin qiziqarli oʻtdi. Ikkinchi boʻlimda biz oʻyinni oʻzgartirishga erishdik. Chap qanotdan imkoniyatlar yaratdik. Oʻyin nazoratini oʻz qoʻlimizga olishga harakat qildik.
Avvalambor biz Oʻzbekistonni butun dunyoga ijobiy namoyish etish uchun bu yerga keldik. Men doim jamoamga oʻyin davomida faol harakat qilish kerakligini aytib kelaman. Kolumbiya singari jamoalarga qarshi oʻynash, toʻpsiz harakat qilish osonmas. Umuman olganda, ikkinchi boʻlimda yaxshi harakat qildik, biroq afsuski gol oʻtkazib yubordik.
Biz bu stadionda oʻtgan ushbu oʻyinni eslab qolamiz. Chunki bu tarixiy oʻyin. Biz Jahon chempionatidamiz. Bugungi oʻyim biz uchun yaxshi boʻldi, deb ayta olaman. Xatolar boʻldi, ular ustida ishlaymiz", - dedi Kannavaro.