E’tirof yangi g‘alabalarga yo‘l ochadi
Poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da turli sohalarda yurtimiz salohiyatini rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh mutaxassislar “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ular orasida yurtimizda jismoniy tarbiya va sport sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, xalqaro sport maydonlarida vatanimiz dovrug‘ini, yoshlarimizning salohiyatini keng yoyishda ishtirok etib kelayotgan sport vaziri o‘rinbosari Avazjon Karimov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, Yevroosiyo ot sporti assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Bahromjon G‘oziyev, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Abbosbek Fayzullayev, Abduqodir Husanov, Behruz Karimov hamda “Yosh sportchi volontyorlar” loyihasi asoschisi Parvina Abdiyevalarning borligi e’tiborli bo‘ldi.
Mazkur yuksak e’tirof mamlakatimizda sport sohasini, Olimpiya harakatini rivojlantirish, yoshlarni jismoniy faollik va sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, shuningdek, O‘zbekiston sportining xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish yo‘lidagi harakatlarga o‘ziga xos kayfiyat bag‘ishlashi bilan ahamiyatli.
T.Ro‘ziyev, O‘zA