Estevao Jahon chempionatida Braziliyaga yordam bera olmasligi mumkin
Estevao London klubidagi debyut mavsumining o‘zida 36ta uchrashuvda maydonga tushib, 8ta gol va 4ta golli uzatmani amalga oshirishdi.
Braziliya terma jamoasi va Londonning "Chelsi" klubi vingeri Estevao jarohati sabab bo‘lajak jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin.
"The Athletic" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, Estevaoning Angliya Premyer-ligasining 33-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda olgan jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi. Tibbiy tekshiruvdan so‘ng futbolchining son orqa yuzasining to‘rtinchi darajadagi shikastlanishi tashxisi qo‘yilgan. Ma’lum bo‘lishicha, uning tiklanishi uchun 3 oydan 6 oygacha muddat kerak bo‘ladi. Estevao London klubidagi debyut mavsumining o‘zida 36ta uchrashuvda maydonga tushib, 8ta gol va 4ta golli uzatmani amalga oshirishdi. U 2025-yilda "Palmeyras"dan "aristokratlar" safiga kelib qo‘shilgan edi.
Ma’lumot uchun, hujumchi 2024-yildan boshlab Braziliya milliy terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.